• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1881
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 25
Гостей: 25
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 5 » DXX Afg‘onistonda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘nlab vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytargani ma’lum qilindi
11:20
DXX Afg‘onistonda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘nlab vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytargani ma’lum qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari 2019-yilda chet ellardagi qaynoq nuqtalarda og‘ir sharoitda qolib ketgan vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarishda faol ishtirok etdi. Bu haqda DXX vakillari ma’lum qildi.

Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, amalga oshirilgan "Mehr 1” va "Mehr 2” gumanitar operatsiyalari doirasida Yaqin Sharq davlatlarida og‘ir sharoitda qolayotgan ayollar va bolalarni O‘zbekistonga olib kelishda xizmat xodimlari faollik ko‘rsatgan.

"Shuningdek, Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan yot g‘oyalar ta’sirida Afg‘onistonda qiyin holatga tushib qolgan o‘nlab o‘zbekistonliklar o‘z yaqinlari bag‘riga qaytarilgan”, — deyiladi xizmat axborotida. Aynan necha kishi va qachon qaytarilganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, 5-aprel O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni sifatida nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil may oyida "Mehr 1” operatsiyasi doirasida Suriyadan 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan ayollar va bolalar, 2019-yil oktabrida esa "Mehr 2” operatsiyasi doirasida Iroqdan 64 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan edi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi qurolli mojaralar hududidan vatandoshlarni qaytarish operatsiyalari haqida to‘xtalar ekan, bir davlat Suriyadan qaytayotgan O‘zbekiston samolyotini urib tushirish bilan tahdid qilganini ma’lum qilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:663 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь