• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 232
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 30 » Koreyalik ekspert koronavirusni davolash uchun O‘zbekistonga keldi
17:36
Koreyalik ekspert koronavirusni davolash uchun O‘zbekistonga keldi

O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish maqsadida Koreya Respublikasining Koryo universiteti professori Soy Chje Uk xalqaro eksperti taklif etildi Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

"Dunyoda kechayotgan pandemiya xuruj qilayotgan ayni paytda yurtimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun va ertaga qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan maslahat olish, hamkorlikda ishni tashkil qilish hamda dunyo va Koreya Respublikasi tajribasi bilan mamlakatimizda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha bugungi metodologiyani uyg‘unlashtirish maqsadida xalqaro mutaxassis, Koreya Respublikasining Koryo universiteti professori Soy Chje Uk xalqaro ekspert sifatida mamlakatimizga taklif etildi”, deyiladi SSV xabarida.

Koryo universiteti professori, Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi ilmiy-tekshirish qo‘mitasi raisi, ushbu assotsiatsiyaning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtabi yetakchi maslahatchisi Soy Chje Uk bugundan boshlab O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bilan 
hamkorlikda o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu xalqaro ekspert bilan hamkorlikda, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning xastalikdan tezroq forig‘ bo‘lishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Koreya Respublikasida koronavirusga chalinganlar 9661 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 158 kishi ushbu xastalikdan vafot etgan bo‘lsa, sog‘ayganlar 5228 nafarga yetgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirga kelib ushbu virusni yuqtirib olganlar 149 kishini tashkil etmoqda. Kasallanganlardan ikki nafari vafot etdi, 7 kishi sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytdi. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:564 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031