• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1880
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 25
Гостей: 25
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 3 » Koronavirusning issiq haroratda yashab qolish xususiyatlari o‘rganildi
07:32
Koronavirusning issiq haroratda yashab qolish xususiyatlari o‘rganildi

Koronavirusning issiq havo hamda ultrabinafsha nurlar ta’sirida tarqalishi sekinlashadi. Bu haqda AQShning Maunt Obern kasalxonasi mutaxassislarining tadqiqotida bayon qilingan, deb yozmoqda Oksford universitetining rasmiy sayti.

Olimlar AQShda COVID-19 bilan kasallanishning 2020-yil bahor oylaridagi ko‘rsatkichlarini tahlil qilgan. Koronavirusning tarqalishi yoki aksincha, tarqalmasligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida havo harorati, ultrabinafsha nurlar, namlik va boshqa ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Selsiy bo‘yicha harorat 10 darajadan baland bo‘lganida infeksiyaning tarqalishi haqiqatan ham sekinlashishi aniqlandi.

Mutaxassislar turli harorat diapazonidagi vaziyatlarda koronavirusning yashovchanligini tekshirgan: manfiy harorat Selsiy bo‘yicha 1 dan 4 gacha, 4 dan 10 gacha, 10 dan 16 gacha va 16 va undan ortiq daraja deyilgan. Oshkor qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishining eng past chastotasi Selsiy bo‘yicha 10 darajagacha bo‘lgan haroratda kuzatilgan. Kasallanish holatlarining ko‘payish davri esa harorat musbat natijaga yaqinlashmagan kunlarga to‘g‘ri kelgan.

Olimlar Selsiy bo‘yicha 10 darajadan baland havo haroratida virusning nisbatan qisqa davrda yashab qolishi mumkinligi, shuningdek, SARS-CoV-2 zarrachalari yuqori ultrabinafsha nurlari ta’sirida faollashishdan to‘xtashini aniqlagan. Qolgan omillar, masalan, havo namligi COVID-19’ning tarqalishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

May o‘rtalarida rossiyalik olimlar koronavirus ustida yoz vaqtida ham g‘alaba qilish juda qiyin ekanini ma’lum qilgandi. Gamalei nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqotlar markazi direktori Aleksandr Gintsburg hali COVID-19 ustidan g‘alaba qozonish haqida gapirishga erta ekani va hozir uning tarqalishiga to‘sqinlik qilish muhimroqligini bildirgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:645 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь